Bankir Olmazorga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Qudratillo Asatullayevich To‘laganov Toshkent shahrining Olmazor tumani hokimi etib tayinlandi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lumot uchun, u 1982 yil 6 oktyabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan. 2008 yil Toshkent moliya instituti hamda 2016 yil Bank-moliya akademiyasini tugatgan.

2023 yildan buyon tayinlovga qadar “Asakabank” AJ boshqaruv raisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Ma’lumot uchun, shu kunga qadar Olmazor tumaniga Umarxonov Azizxon Sharipxonovich hokimlik qilib kelayotgandi. U ushbu lavozimga 2021 yilda tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanida bo‘lib o‘tgan xalq deputatlari tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida Bahodir Xudoyqulov Xudoyorovich yangi tuman hokimi lavozimiga tayinlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Olmazor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing