Bangladeshdagi kuchli yong‘in: 52 kishining o‘limidan so‘ng fabrika egasi hibsga olindi

Olam

image

Xabaringiz bor, kecha “Hashem Food and Beverage” fabrikasida katta yong‘in oqibatida 52 kishi halok bo‘lgan edi. Bugun, 10 iyul kuni Bangladesh politsiyasi ushbu fabrika egasini hibsga oldi. Bu haqda BBC xabar bermoqda.

Ma’lum qilinishicha, politsiya “Hashem Food and Beverage” fabrikasi egasi Abul Hashem bilan birga uning to‘rt o‘g‘li va yana 3 kishini qotillikda ayblanayotganini aytmoqda. 

Rasmiylarning xabar berishicha, ayblanuvchilarning hibsga olinishiga halok bo‘lganlarning aksariyati asosiy chiqish eshigi qulflangani sababli bino ichida qamalib qolganini, shuningdek, voyaga yetmaganlar va bolalar mehnatidan foydalanish bo‘yicha dalillar aniqlanganini keltirishgan. 

Favqulodda vaziyatlar brigadasining ta’kidlashicha, qurbonlar orasida bolalar ham bor, halok bo‘lganlarning ko‘pchiligi  uchinchi qavatda qolib ketgan. Bangladesh mehnat vaziri Monnujan Sufianning AFP axborot agentligiga aytishicha, u shifoxonada 14 yoshli yong‘indan omon qolgan bolalar bilan gaplashgan.

“Agar bolalar mehnati isbotlansa, biz fabrika egasi va inspektorlarga qarshi choralar ko‘ramiz”, deydi u.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bino ichida saqlangan kimyoviy moddalar va plastmassalardan oziqlangan yong‘inning o‘chirilgunicha qariyb 24 soat vaqt o‘tgan. Hozirda 50 dan ortiq odam og‘ir  jarohatlangan. Xavotirga tushgan oilalar esa shifoxonalarda to‘planib, bedarak yo‘qolgan yaqinlarini qidirmoqda.

Ma’lumot berilishicha, Bangladeshning ko‘p qavatli binolarida yong‘inlar va falokatlar tez-tez sodir bo‘lib turadi. Bu shaharda nisbatan  xavfsizlik standartlari hali ham sustligicha qolgan.

Durdona Pirnazarova


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

yong'in

Baholaganlar

61

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing