Bangladeshda yuzlab odam ishlaydigan fabrika yonib ketdi. 52 kishi halok bo‘lgan

Olam

image

Bangladeshning Rupgandj shahrida sharbat, makaron va shirinliklar ishlab chiqaradigan “Hashem Food and Beverage” fabrikasida katta yong‘in sodir bo‘ldi. Oqibatda kamida 52 kishi vafot etgan. Bu haqda BBC News yozmoqda.

Xabarga ko‘ra, hodisa oqibatida 30 dan ortiq odam jarohat olgan. Mamlakat yong‘in xizmatining ma’lum qilishicha, qurbonlar soni ko‘payishi mumkin, chunki yong‘in ortidan ko‘pchilikni topib bo‘lmayapti.

Bugun, 9 iyul kuni 52 nafar qurbon topilgan paytda qutqaruvchilar binoning yana ikkita yuqori qavatini tekshirishlari kerak edi. “Dhaka Tribune” nashri esa ellikka yaqin odam jarohat olganini yozmoqda.

Qayd etilishicha, olti qavatli binoda yong‘in kecha, 8 iyul kuni mahalliy vaqt bilan soat 17:00 da boshlangan. Ba’zi ishchilar shu vaqtgacha kunduzgi smenadan keyin uylariga ketgan, ammo yana bir necha yuz kishi fabrikada ishlashda davom etgan. Guvohlarning ta’kidlashicha, ular odamlar derazadan sakrab tushayotganini ko‘rgan. Fabrika ishchilari tomga chiqa olmagan, chunki zinapoyaga o‘tish yo‘li qulflangan bo‘lgan. Binoning asosiy chiqishi ham ichkaridan qulflangan.

Rasmiylarning aytishicha, zavodda ko‘plab plastik idishlar va kimyoviy tarkibiy qismlarning bo‘lgani yong‘inni kuchaytirib yuborgan.

Tirik qolgan ishchilar va bedarak yo‘qolganlarning qarindoshlari jurnalistlarga bino yong‘in xavfsizligi talablariga javob bermaganini ma’lum qilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bangladesh

Baholaganlar

59

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing