Bangladeshda yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashib ketdi. Qurbonlar bor
Olam
−
23 Oktabr 2023
2994Bangladeshda yuk va yo‘lovchi poyezdining to‘qnashuvi oqibatida 100 dan ortiq odam jarohatlandi, kamida 15 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Bhayrab shahri hokimiyati vakili Sadiqur Rahmon xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, Bangladeshning Bxayrab shahri yaqinida yuk poyezdi qarama-qarshi yo‘nalishda ketayotgan yo‘lovchi poyezdi bilan to‘qnashib ketgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hodisa bir poyezd boshqasining yo‘liga o‘tib qolishi oqibatida sodir bo‘lgan.
To‘qnashuv oqibatida kamida 15 kishi halok bo‘lgan, jarohatlanganlar esa 100 dan ortiqligi aytilmoqda. Xizmatning qo‘shimcha qilishicha, hozirda qutqaruvchilar hududda faol ish olib bormoqda va qurbonlar soni oshishi ham mumkin.
“Ayni damda voqea joyidan 15 nafar jasad topildi, ularning soni ortishi mumkin”, deyiladi xabarda.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Pokistonning Sind viloyatidagi Navabshoh shahrida, poyezd vagonining relsdan chiqib ketishi oqibatida 30 kishi halok bo‘lgani, yana 50 kishi jarohatlangani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, Hindistonda yo‘lovchi poyezdi boshqa poyezdning relsdan chiqib ketgan vagonlarini urib yuborgandi. Oqibatda ko‘plab odamlar halok bo‘lib, 300 kishi jarohatlangan.
LiveBarchasi