Hindistonda ikkita poyezd to‘qnashdi. Qurbonlar bor
Olam
−
02 iyun 2023
4329Bugun, 2 iyun kuni Hidistonda yo‘lovchi poyezdi boshqa poyezdning relsdan chiqib ketgan vagonlarini urib yuborishi oqibatida ko‘plab odamlar halok bo‘ldi, 300 kishi jarohatlandi. Bu haqda NDTV telekanali xabar berdi.
Aytilishicha, voqea Hindistonning Odisha shtatida sodir bo‘lgan. Kolkatadan Chennayga ketayotgan Coromandel Express poyezdi Bengalurudan Kolkataga ketayotgan boshqa poyezdning relsdan chiqib ketgan vagonlariga borib urilgan.
Hozirda Odisha yong‘in xavfsizligi xizmati boshlig‘i Sudxanshu Sarangi qutqaruv ishlarini nazorat qilmoqda. Shtatdagi Balasor shahri va uning atrofidagi tibbiyot kollejlari va shifoxonalar ogohlantirilgan hamda 60 tez yordam mashinasi safarbar qilingan. Yuzdan ortiq qutqaruvchilar vagonlarda qamalib qolgan yo‘lovchilarni qidirmoqda.
Baxtsiz xodisaga nima sabab bo‘lgani va buning oqibatida qancha odam o‘lgani haqida hozircha aniq ma’lumot yo‘q.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyi boshida Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ogayo shtatida zaharli moddalar olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketib, portlash yuzaga kelgandi. Mart oyida esa Gretsiyaning Tempi shahrida yuk va yo‘lovchi poyezdlari to‘qnashishishi oqibatida 57 kishi halok bo‘lgan.
LiveBarchasi