AQSHda zaharli moddalar ortilgan poyezd relsdan chiqib, portlab ketdi (video)

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ogayo shtatida zaharli moddalar olib ketayotgan poezd relsdan chiqib ketdi va portlash yuzaga keldi. Bu haqda “Reuters” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 3 fevral kuni sodir bo‘lgan. Poyezd ichida zaharli moddalar mavjudligi sababli yong‘in kelib chiqqan va Ogayo shtati ustidan tutun buluti tarqalgan. Hattoki, bu holat samolyotdan ham ko‘ringan va suratga olingan. Ushbu hududdagi minglab aholi evakuatsiya qilingan. Temir yo‘l ekipajlari beshta vagondagi zaharli kimyoviy moddani quritib, yoqib yuborganidan so‘ng, 8 fevral kuni aholi o‘z uylariga qaytishi mumkinligi aytilgan.

Temir yo‘l ittifoqi rasmiylari bunday baxtsiz hodisa yuz berishi mumkinligi haqida oldindan ogohlantirganliklarini aytishmoqda.

Hozirgi kungacha ushbu hududda tozalash ishlari amalga oshirilmoqda. Shuningdek, mahalliy aholidan hududdagi suv havzalaridan suv ichmaslik hamda iste’mol qilayotgan mahsulotlarga e’tiborli bo‘lish so‘ralgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing