Bangladesh Bosh vaziri iste’foga chiqdi va mamlakatni tark etdi
Olam
−
05 avgust
7901Bangladesh Bosh vaziri Shayx Hasina o‘tgan oyda yuzlab odamlarning o‘limiga sabab bo‘lgan keng ko‘lamli namoyishlar fonida harbiy vertolyotda Hindistonga uchib ketdi. Bu haqda “Reuters” agentligi xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, Bosh vazir Shayx Hasinaning iste’foga chiqishi haqidagi xabarlarni armiya, shuningdek, Bangladesh Oliy komissiyasi rasmiylari tasdiqlagan.
Mamlakatning yetakchi milliy nashriga ko‘ra, u singlisi bilan Hindistonga harbiy vertolyotda borgan. Mahalliy xabarlarga ko‘ra, kecha, 4 avgust kuni poytaxtdagi to‘qnashuvlarda kamida 95 kishi, jumladan, kamida 14 politsiyachi halok bo‘lgan, yana yuzlab odamlar jarohatlangan.
Bugun, 5 avgust kuni Jatrabari va Dakka tibbiyot kolleji hududlarida politsiya va namoyishchilar o‘rtasidagi to‘qnashuvlarda kamida olti kishi halok bo‘lgani xabar qilingan.
Ma’lumot uchun, namoyishlar talabalarning hukumat ishlari uchun kvota tizimini tugatishga intilishi bilan boshlandi, biroq politsiya va hukumatparast faollar bilan to‘qnashuvlar zo‘ravonliklarga aylanib ketdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bangladesh qonli namoyishlarga sabab bo‘lgan qarorini bekor qilgani haqida xabar berilgandi.
Zebo Turobjonova
LiveBarchasi