Bandlik, savdo, qurilish... O‘zbekiston va Turkiya 9 ta hujjat imzoladi

Jamiyat

image

Kecha, 29 mart kuni O‘zbekiston va Turkiya delegatsiyalari o‘rtasida oliy darajadagi muzokaralar yakunlangach, hujjatlarni imzolash va almashish marosimi bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an oliy darajadagi Strategik hamkorlik kengashining ikkinchi yig‘ilishi yakunlari bo‘yicha Qo‘shma bayonot imzoladi.

Bundan tashqari, ikki mamlakat hukumatlari, vazirlik va idoralari darajasida ko‘p qirrali O‘zbekiston-Turkiya hamkorligini yanada kengaytirishga qaratilgan 9 ta hujjat imzolandi. Jumladan:

•    Imtiyozli savdo to‘g‘risidagi bitim;

•    Davlat chegaralari orqali tovarlar va transport vositalarining o‘tishi haqida oldindan axborot almashish to‘g‘risidagi bayonnoma;

•    Mehnat va bandlik sohasida hamkorlik to‘g‘risidagi anglashuv memorandumi;

•    Sud ekspertizasi sohasida hamkorlik memorandumi;

•    Qurilish sohasida anglashuv memorandumi;

•    sog‘liqni saqlash vazirliklari o‘rtasida 2022-2023 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi;

•    O‘zbekiston Milliy axborot agentligi bilan Turkiyaning “Anadolu” agentligi o‘rtasida Hamkorlik bitimi.


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

145

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing