Balujistondagi terakt qurbonlari soni 73 kishiga yetdi

Olam

image

Kecha, 26 avgust kuni Pokistonning janubi-g‘arbiy provinsiyasi Balujistonda sodir etilgan teraktlar oqibatida kamida 73 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Reuters” xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, 26 avgustga o‘tar kechasi sodir etilgan terakt separatistik radikal guruhlar uyushtirgan eng kattalaridan bo‘ldi.

Jangarilarning harakatlari oqibatida mintaqaning ma’muriy markazi bilan Pokistonning qolgan qismi o‘rtasidagi temiryo‘l aloqasi to‘xtatilgan. Ekstremistlar Pokistonni Eron bilan bog‘lovchi temiryo‘lni ham portlatib yuborgan.

Ma’lumot uchun, 25 avgust kuni kechqurun Balujistonda qator teraktlar boshlandi. Radikallarning nishonlari armiyaga chaqiruv bo‘limlari, politsiya bo‘limlari va viloyatning transport infratuzilmasi bo‘lgan. Kun davomida Mastung, Kalat, Pasni, Sunsar, Sibi, Panjgur, Turbat, Bela, Kvetta hamda Gvadar shaharlarida terrorchilik harakatlari sodir etilgani haqida xabarlar berildi. Hujumlar uchun javobgarlikni “Balujiston ozodlik armiyasi” guruhi o‘z zimmasiga oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq ushbu teraktda 31 kishi halok bo‘lgani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Balujiston

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing