7 oydan keyin ringga qaytgan G‘oibnazarov raqibini nokautga uchratdi

Sport

image

O‘zbekistonlik bokschi Fazliddin G‘oibnazarov navbatdagi jangida raqibini birinchi raunddayoq nokautga uchratdi.

Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ishtirok etayotgan G‘oibnazarov Olma-otadagi boks kechasida ukrainalik Vladislav Baranovga qarshi ringga chiqdi.

Sakkiz raundga mo‘ljallangan jangning birinchi raundida G‘oibnazarov raqibini kuchli zarba bilan og‘ir ahvolga tushirdi. Referi texnik nokaut holatini qayd etdi.

Shu bilan uning professional ringdagi g‘alabalari soin 8 taga yetdi. Bokschi 5 ta jang taqdirini muddatidan avval hal qilgan.

Eslatib o‘tamiz, Fazliddin G‘oibnazarov so‘nggi bor joriy yilning may oyida amerikalik Maykl Foks bilan jang qilib professional boksdagi ilk va hozircha yagona mag‘lubiyatini qabul qilib olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

boks Fazliddin G'oibnazarov Vladislav Baranov

Baholaganlar

135

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing