Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari qamoqqa olindi
3-sahifa
−
22 avgust 2024
7774Andijon viloyatining Baliqchi tumani hokimi o‘rinbosari 30 ming AQSH dollari olgan vaqtda qo‘lga olindi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, viloyatda olib borilgan tezkor tadbirda Baliqchi tumani hokimligi zaxirasida bo‘lgan 3,75 gektar yer maydonining 1,75 gektarini “E-auksion” orqali arzon narxda olib berish, qolgan 2 gektarini esa 2019 yildagi sana bilan tuman hokimining qarorini tayyorlab, xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 30 ming AQSH dollari olgan vaqtlarida tuman Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisi va tibbiy xizmat ko‘rsatishga ixtisoslashgan MCHJ xodimi ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Shuningdek, tergovga qadar tekshiruv davomida, ular ushbu masalani tuman hokimining o‘rinbosari orqali hal etishi aniqlanib, tezkor tadbir davom ettirildi va mazkur mansabdor shaxs 30 ming AQSH dollarini olgan vaqtida qo‘lga tushdi.
Hozirda ularga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tuman hokimi o‘rinbosari va Uy-joy kommunal xo‘jaligi bo‘limi bosh mutaxassisiga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
LiveBarchasi