Balida parom halokatga uchrashi oqibatida 6 kishi qurbon bo‘ldi 

Olam

image

Bali qirg‘og‘ida bortida 50 dan ortiq odam bo‘lgan yo‘lovchi paromi halokatga uchradi, oqibatda 6 kishi qurbon bo‘ldi. Bu haqda “Sinxua” agentligi xabar bergan.  

Ta’kidlanishicha, hodisa Bali oroli yaqinidagi suv zonasida sodir bo‘lgan. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, parom bortida 41 yo‘lovchi, shuningdek, ekipajning 15 a’zosi bo‘lgan. 

Halokat yuz bergan joyga qutqaruv kemalari yuborilgan. Favqulodda xizmatlar kamida 20 kishini suvdan olib chiqqan. Ma’lum bo‘lishicha, paromda bo‘lgan sakkiz kishi jarohat olgan. 

Qayd etilishicha, parom Yava orolidan Baliga ketayotgan bo‘lgan. Hodisaning sababi hozircha noma’lum, bortdagi odamlarni qidirish davom etmoqda. Hozircha, halokat qurbonlarining olti nafari haqida ma’lumotlar paydo bo‘lgan. O‘lganlarning uch nafari erkak, uch nafari ayol.


Maqola muallifi

Teglar

Bali

Baholaganlar

17

Reyting

3.2

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing