Jinoyatchilarga tergov hibsxonasida o‘z hisobidan telefonda gaplashishga ruxsat beriladi

Jamiyat

image

Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimcha kiritiladi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligining buyrug‘i loyihasida keltirib o‘tilgan.

Hujjatga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tergov hibsxonalarining ichki tartib qoidalariga kiritilayotgan qo‘shimchalar quyidagicha:

Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar tergov hibsxonasining ma’muriyati hukm qonuniy kuchga kirganligi to‘g‘risida sud xabarnomasini olgan kundan boshlab o‘n kunlik muddat ichida jazoni o‘tash uchun jo‘natiladi.

Ushbu muddat davomida mahkum:

•  qarindoshlari yoki boshqa shaxslar bilan bir marta qisqa muddatli uchrashish;

•  o‘z shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lanadigan, o‘n besh daqiqa davom etadigan bir marta telefon orqali so‘zlashish huquqiga ega.

•  Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilingan shaxslar sud hukmi bilan belgilangan rejimning turiga muvofiq jazoni ijro etish muassasalariga jo‘natiladi.

Qisqa muddatli uchrashuv va telefon orqali so‘zlashuv tartibi O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi ozodlikdan mahrum qilish turidagi jazoni ijro etish muassasalarining ichki tartib-qoidalarida belgilangan tartib asosida amalga oshiriladi.


Maqola muallifi

Teglar

Jinoyat telefon

Baholaganlar

48

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing