Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi – Prezident

Jamiyat

image

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Xorazm viloyatiga safari davom etmoqda. Ayni vaqtda Urganch shahrida Xorazm viloyati faollari va tarmoqlar mutasaddilari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar berdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev yig‘ilish avvalida xorazmlik dehqon va fermerlarni, butun O‘zbekiston xalqini bugungi Qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni bilan yana bir bor tabrikladi.

“Xorazmga bu yil ikkinchi marta kelyapmiz. Maqsad – sizlarning ko‘zlaringizga qarab, viloyatdagi dolzarb masalalarni muhokama qilish, yana nima imkoniyatlar bor, qanday tartib, qanday ko‘mak kerak, nima natija bo‘ladi, degan savollarni qo‘yib muloqot qilish. Balandparvoz gaplar bilan iqtisodiyotni yuritib bo‘lmaydi. Muammoni bilsak, qaror to‘g‘ri, adolatli bo‘ladi” dedi Prezident.

Shavkat Mirziyoyev “mahalla raisi – islohotchi” tamoyili asosida ijtimoiy muammolarni hal qilish bo‘yicha yangi tizim joriy etilishini ta’kidladi.

“Prezident bir yilda bir kelib, ko‘rib ketgani bilan natija bo‘lib qolmaydi. Har bir hokim, iqtisodiy kompleks rahbarlari hududdagi muammolar bo‘yicha tizimli ishlashi kerak. Chetdan kelib birov qilib bermaydi. Mana, kecha Xorazmdagi shahar va tuman hokimlari bilan gaplashdim. Qancha mablag‘ so‘rasa, berdim. Pulimiz ko‘pligi uchun emas, masala qo‘ya olgani uchun. Odamlar ham befarq bo‘lmasligi kerak. Mahalliy kengashlar, mahallalar talab qilishi lozim”, deydi Shavkat Mirziyoyev.

Shuningdek, yig‘ilishda ishlab chiqarish va xizmatlarni rivojlantirish, ish o‘rinlari yaratish, kam ta’minlanganlarni kambag‘allikdan chiqarish, mahallalardagi ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha vazifalar belgilandi.


Maqola muallifi

Teglar

Shavkat Mirziyoev Xorazm

Baholaganlar

132

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing