Bakuda norozilik namoyishi. Politsiya 150 kishini qo‘lga oldi
Olam
−
12 noyabr 2022
15497Kecha, 11 noyabr kuni Baku markazida bo‘lib o‘tgan norozilik aksiyasi chog‘ida 150 ga yaqin odam hibsga olindi. Bu haqda “Line of Defense” inson huquqlari tashkiloti a’zosi Zafar Ahmedov Turon axborot agentligiga.
Uning so‘zlariga ko‘ra, aksiya boshlanishidan oldin ham bir guruh odamlar qo‘lga olingan. Hibsga olinganlarning ro‘yxati aniqlanmoqda.
Aksiya Ozarbayjon Xalq fronti partiyasi tomonidan yig‘ilishlar erkinligi, quruqlikdagi chegaralarni ochish, siyosiy mahbuslarni ozod qilish, erkin saylovlar o‘tkazish va demokratik islohotlar talabi bilan tashkil etilgan.
Ahmedovning so‘zlariga ko‘ra, bu safar militsiya oldingi harakatga nisbatan haddan tashqari kuch ishlatgan. Xususan, muxolifatdagi Milliy kengash va “Musavat” partiyasi a’zosi Tofiq Yoqublu va boshqa bir qator faollar shafqatsizlarcha kaltaklangan.
Aksiya deyarli bir soat davom etgan. Shu vaqt ichida ko‘p sonli militsiya xodimlari Ichkari-shahar metro bekati yaqinida shiorlar aytib hayqirgan yoki to‘da bo‘lib poytaxt hokimligi binosi tomon harakatlanayotganlarning barchasini to‘xtatgan.
Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, soat 16:00 atrofida bir guruh odamlar Baku shahar ijroiya hokimiyati binosi oldida kelishilmagan miting o‘tkazishga uringan. Urinish politsiya tomonidan to‘xtatilgan va bu shaxslar hududdan olib ketilgan. Ma’lum qilinishicha, aksiya ishtirokchisi, muqaddam sudlangan, mast holatda bo‘lgan R.Mammadov militsiya avtomashinasining orqa oynasini sindirib, buning uchun qo‘lga olinib, ichki ishlar bo‘limiga olib ketilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
“EADaily”ning xabar berishicha, Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligi Baku meriyasi yaqinidagi miting shahar hokimiyati tomonidan ruxsat etilmagani va uni o‘tkazish politsiya tomonidan to‘xtatilishi haqida ogohlantirgan.
LiveBarchasi
Putin xalqiga murojaat qildi.
21 noyabr