“Sputnik Ozarbayjon” direktori Bakudan chiqib ketdi
Olam
−
20 Oktabr 2025 3445 2 daqiqa
Ozarbayjonning Baku shahrida bir necha tartibsizliklar ortidan hibsga olingan “Sputnik Ozarbayjon” ijrochi direktori Igor Kartavix ozod qilindi va Rossiyaga uchib ketdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Qayd etish joiz, uning qamoqdan ozod etilishi Dushanbe shahrida Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevning uchrashuvi arafasida sodir bo‘lgan. Putin o‘sha uchrashuvda Ozarbayjon rahbaridan uzr so‘ragan.
Kartavix, “Sputnik Ozarbayjon” bosh muharriri Yevgeniy Belousov, shuningdek, nashrning yana besh nafar jurnalisti iyun oxirida Ozarbayjonning Rossiya bilan munosabatlar sovuqlashgan bir paytda, Bakuda hibsga olingan edi. 1 iyul kuni “Sputnik Ozarbayjon” tahririyatida o‘tkazilgan operatsiyadan so‘ng, mamlakat Ichki ishlar vazirligi firibgarlik, noqonuniy tadbirkorlik va jinoyat yo‘li bilan qo‘lga kiritilgan mulkni legallashtirish bo‘yicha ish qo‘zg‘atdi. Sud qaroriga ko‘ra, Kartavix va Belousov o‘sha kunning o‘zida to‘rt oy muddatga qamoqqa olingan.
Shunda Rossiya TIV Ozarbayjon elchisi Rahmon Mustafoyevni “Bakuning do‘stona bo‘lmagan harakatlari va jurnalistlarning noqonuniy hibsga olinishi munosabati bilan” chaqirgan edi. Diplomatik vakilga rossiyalik jurnalistlarni zudlik bilan ozod qilishni talab qilgan nota topshirilgan.
9 oktyabr kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Tojikistonda bo‘lib o‘tgan sammitda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Keyingi kuni Putin Rossiya va Ozarbayjon o‘rtasida davlatlararo munosabatlarda inqiroz bo‘lmagani, bu faqat “hissiy krizis” bo‘lganini ta’kidladi. 10 oktyabr Kartavix Bakuda uy qamog‘iga o‘tkazilgandi.
Live
Barchasi