Bakuda 30 yillik Xo‘jali genotsidi qurbonlari xotirlandi
Olam
−
26 fevral 2022
5222Bugun, 26 fevral kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida Xo‘jayli genotsidiningg 30 yilligi munosabati bilan umumxalq yurishi bo‘lib o‘tdi.
Yurishda Ozarbayjon davlati rahbari Ilhom Aliyev va birinchi xonim – vitse-prezident Mehribon Aliyeva ishtirok etdi.
Marosim ishtirokchilari poytaxtning Xatay tumanidagi Xo‘jayli yodgorligi oldigacha yurib borgan.
Ozarbayjon rahbari yodgorlik poyiga gul qo‘yib, genotsid qurbonlari xotirasiga hurmat bajo keltirgan. Shundan so‘ng, marosimning boshqa ishtirokchilari ham yodgorlik poyiga gul qo‘ygan.
1992 yil 26 fevralga o‘tar kechasi Armaniston otryadlari sobiq Sovet armiyasining 366-motoo‘qchilar polki ko‘magida Ozarbayjonning Tog‘li Qorabog‘ viloyati Xo‘jali shahriga hujum qildi.
O‘sha kecha arman kuchlari shaharning 7000 aholisiga nisbatan genotsidni amalga oshirdi.
Armanlar vahshiyliklari natijasida Xzjalining 613 nafar aholisi o‘ldirildi, 487 nafari nogiron bo‘lib qoldi, 1275 nafar keksalar, bolalar, ayollar asirlikda xo‘rlanib, qiynoqqa solindi.
150 kishining taqdiri hozirgacha noma’lum. Xo‘jaylida halok bo‘lganlarning 106 nafari ayollar, 63 nafari bolalar, 70 nafari keksalardir.
Xo‘jayli fojiasi natijasida 8 oilaning barcha vakili qurbon bo‘ldi, 24 bola ham ota, ham onasidan, 130 bola ota-onasining biridan ayrildi. 56 kishi o‘ta shafqatsizlik bilan o‘ldirilgan.
LiveBarchasi