Baku-Yerevan o‘rtasidagi muzokaralar  YeI va AQSH ko‘magida bo‘lishi kerak - Fransiya

Olam

image

Fransiya Armaniston va Ozarbayjonning qo‘shma bayonotini hamda ikki tomonning yarashuvi, xususan, mahbuslarning ozod etilishini olqishlaydi. Bu haqda Fransiya Tashqi ishlar vazirligi bayonotida aytiladi.

Fransiya bu kelishmovchilikdan aziyat chekayotganlarning  ahvolini yaxshilash yo‘lidagi birinchi qadam bo‘lishidan umid qilmoqda.

Vazirlikning qo‘shimcha qilishicha, ikki Kavkaz davlati o‘rtasidagi tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralar Yevropa Ittifoqi va AQSH ko‘magida o‘tishi maqsadga muvofiq.

“Fransiya Yevropa Ittifoqi va AQSH ko‘magida Armaniston va Ozarbayjon o‘rtasida tinchlik bitimi bo‘yicha muzokaralar qayta tiklanishini qo‘llab-quvvatlaydi”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, unda barqaror tinchlik faqat xalqaro huquq, suverenitet, hududiy yaxlitlik va ikki davlat chegaralarining daxlsizligini hurmat qilgan holda tiklanishi mumkinligi alohida aytib o‘tilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq bu kelishuvga Rim Papasi o‘z munosabatini bildirgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Frantsiya Armaniston Baku-Erevan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing