Baku taslim bo‘lgan arman askarlariga teginmaslikni va’da qildi

Olam

image

Qorabog‘dagi ixtiyoriy ravishda qurolini tashlagan arman askarlari ozod qilinadi. Bu haqda Ozarbayjon Prezidenti yordamchisi Hikmat Hojiyev X (sobiq Twitter) ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozdi. 

“O‘z ixtiyori bilan qurolini tashlagan askarlar, biz ochiq e’lon qilganimizdek, ozoddir”, deydi Ilhom Aliyev ma’muriyati rasmiy vakili. 

Hojiyev, shuningdek, harbiy-fuqarolik hamkorligi konsepsiyasi doirasida Ozarbayjon harbiy va fuqarolik xodimlari Qorabog‘dagi tinch aholiga yordam berayotganini va yordam berishda davom etishini ta’kidladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 19 sentyabr kuni Ozarbayjon Mudofaa vazirligi Qorabog‘da “Ozarbayjon Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini tiklash maqsadida” mahalliy aksilterror choralari boshlanganini e’lon qilgandi. 20 sentyabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 13:00 da mazkur tadbirlar to‘xtatildi.  Kecha, 21 sentyabr kuni Yevlax shahrida Qorabog‘ arman jamiyati vakillari Ozarbayjonning mas’ul vakili bilan uchrashib, muzokara o‘tkazdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon-Armaniston Qorabog'

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing