Baku ramzi turk bayrog‘i ranglariga burkandi

Olam

image

Ozarbayjon poytaxti Bakuning me’moriy ramzlaridan biri hisoblangan Haydar Aliyev markazi 7 fevral oqshomida Turkiya bayrog‘i ranglariga burkandi. 

Aksiya Turkiya va turk xalqi bilan birdamlik belgisi sifatida mamlakat janubidagi vayronkor zilzilalar ortidan uyushtirildi. 

Qayd etilishicha, turk bayrog‘i bir necha kun davomida mahalliy vaqt bilan soat 22:00 da markaz binosiga o‘rnatiladi. 

6 fevral kuni Turkiyaning janubi-sharqida (mahalliy vaqt bilan 04:17 da – 7,7 ball va 13:24 da – 7,6 ball) magnitudasi yetti balldan ortiq bo‘lgan ikkita zilzila sodir bo‘ldi. 

Turkiya janubi-sharqida sodir bo‘lgan dahshatli zilzila qurbonlari soni 5 mingdan oshdi. 

Prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an Turkiyada tabiiy ofat munosabati bilan yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Turkiya davlat bayroqlari butun mamlakat bo‘ylab yarimga tushirildi. 

Vayronkor zilzila qo‘shni mamlakatlarda, jumladan Suriya, Livan, Shimoliy Kipr Turk Respublikasi, Gretsiya Kipr va Iroqda ham sezildi.


Maqola muallifi

Teglar

Turkiyadagi zilzila

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing