Baku uchun konstitutsiyamizni o‘zgartirishga majbur emasmiz – Yerevan

Olam

image

Armaniston Ozarbayjon bilan kelishuvlar doirasida Konstitutsiyani o‘zgartirish majburiyatini olmagan. Bu haqda mamlakat Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan ma’lum qildi.

“Konstitutsiya Vashingtonda muhokama qilinmadi va konstitutsiyamizni o‘zgartirish bo‘yicha uchinchi davlat oldida hech qanday majburiyatimiz yo‘q”, dedi Mirzoyan. 

Armaniston konstitutsiyasida 1990 yilgi Mustaqillik deklaratsiyasiga havola mavjud bo‘lib, unda “Armaniston SSR va Tog‘li Qorabog‘ni birlashtirish to‘g‘risida”gi rezolyutsiya eslatib o‘tilgan. Ozarbayjon ushbu bandni hududiy da’vo deb hisoblaydi va uni chiqarib tashlashni talab qiladi.

Armaniston hukumati konstitutsiyaning yangi matnini hozirdanoq tayyorlamoqda, u referendumda bir yildan keyin tasdiqlanishi kerak. Shu bilan birga, Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan bu chora Ozarbayjon talablari tufayli emas, balki yangi geosiyosiy sharoitlar tufayli zarurligini tushuntirdi.

Eslatib o‘tamiz, 8 avgust kuni Vashingtonda AQSH, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari Donald Tramp, Nikol Pashinyan va Ilhom Aliyevning uchrashuvi bo‘lib o‘tgan va unda tinchlik bitimi kelishilgandi. Ozarbayjon rahbari hujjat nihoyat Armaniston konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritilgandan so‘ng imzolanishini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Armaniston Ararat Mirzoyan

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing