Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vaziri bilan uchrashdi
Jamiyat
−
08 mart 2024
3390Kecha, 7 mart kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yaponiya Bosh vazir Fumio Kisida bilan uchrashdi. Bu haqda Yaponiya TIV ma’lum qildi.
Avvaliga Kisida Saidovni Yaponiyaga ilk tashrifi bilan qutlagan va yanvar oyida Noto yarim orolida yuz bergan zilzila munosabati bilan O‘zbekistondan kelgan hamdardlik maktubi uchun minnatdorlik bildirgan.
Ular muhim strategik sheriklar bo‘lgan O‘zbekiston bilan Yaponiya o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini, shu jumladan, joriy yilda bo‘lib o‘tadigan “Markaziy Osiyo-Yaponiya” cammiti munosabati bilan hamkorlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha yaqindan ishlash haqida kelishib olgan.
Qolaversa, ular siyosiy muloqotdan tortib, madaniy almashinuvlargacha bo‘lgan keng ko‘lamli ikki tomonlama masalalarni muhokama qilgan. Tashqi ishlar vazirliklari bundan keyin ham strategik hamkorlikni yanada mustahkamlashda muhim o‘rin tutishi qayd etilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Yaponiyaga borgani haqida xabar bergan edik.
LiveBarchasi
Samarqand shahrida metro quriladi.
14 yanvar