Baxtiyor Saidov pokistonlik mavqedoshiga sim qoqdi

Jamiyat

image

O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Pokiston Bosh vazir o‘rinbosari va Tashqi ishlar vaziri Muhammad Is’hoq Dar bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram sahifasida ma’lum qildi.

Muloqotda tomonlar ikki davlat rahbarlari o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida amalga oshirish yo‘lida yaqin hamkorlikni davom ettirishni ta’kidlagan. Shuningdek, unda “O‘zbekiston-Afg‘oniston-Pokiston” temiryo‘li loyihasi muhokama qilingan.

Bundan tashqari, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, o‘zaro savdoni faollashtirish va mintaqaviy bog‘liqlikni rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha, 24 may kuni Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Uchrashuvda O‘zbekiston hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan harakatlar rejasi imzolandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxtiyor Saidov Muhammad Is'hoq Dar temiryo'l loyihasi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing