Baxtiyor Saidov ICESCO bosh direktori bilan uchrashdi
Jamiyat
−
24 may 2212 1 daqiqa
O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun, 24 may kuni Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim bin Muhammad al-Malik bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
“Kengayib borayotgan hamkorligimiz haqida atroflicha fikr almashdik. ICESCO’ning istiqbolli tashabbuslarini, jumladan, 2025 yilda Samarqand shahrini Islom dunyosining madaniyat poytaxti sifatida nishonlanishini olqishlaymiz”, deya yozgan Saidov.

Uchrashuvda O‘zbekiston hukumati va ICESCO o‘rtasida hamkorlikni chuqurlashtirish hamda yaqin kelajakda samarali loyihalarni birgalikda amalga oshirishning ustuvor yo‘nalishlarini o‘z ichiga olgan harakatlar rejasi imzolandi.

Eslatib o‘tamiz, Turkiy Davlatlar Tashkiloti davlat rahbarlari kengashining norasmiy sammiti doirasida joriy yilning 21 may kuni Vengriya poytaxti Budapesht shahrida Tashqi ishlar vazirlari kengashining yig‘ilishi bo‘lib o‘tgandi. Unda Baxtiyor Saidov ham ishtirok etgandi.
Live
Barchasi