Baxtiyor Rahmonqulov hokimlikdan FVVga ishga o‘tdi
Jamiyat
−
18:49 1923 1 daqiqa
Bugun, 15 oktbyar kuni O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining tegishli buyrug‘i bilan polkovnik Baxtiyor Tugambayevich Rahmonqulov Favqulodda vaziyatlar vazirligi Inspeksiyasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Tayinlovga qadar polkovnik Baxtiyor Rahmonqulov Toshkent shahar Yashnobod tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, ilgari FVV tizimida va Toshkent shahar hokimligida turli rahbarlik lavozimlarda faoliyat olib borgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Yashnobod tumani hokimi lavozimida ishlab kelgan Baxtiyor Rahmonqulov va u bilan birga Chilonzor tumaniga rahbarlik qilib kelgan Saidqahhor Xolxo‘jayev hamda Yangihayot tumani tashkil etilganidan buyon unga rahbarlik qilib kelgan Hayot Inog‘omovlar boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan o‘z lavozimidan ozod etilgani haqida xabar berilgan edi. Ulardan Hayot Inog‘amovning Chilonzor tumani hokimi lavozimiga tasdiqlangani ma’lum bo‘ldi.
Shu bilan birga, Nilufar Allabergenova Yakkasaroy tumani hokimi lavozimidan ozod etildi va Toshkent shahar prokurori o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Live
Barchasi