Prokuror “Baxti Tashkentskiy”ning ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi

3-sahifa

image

“Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev va u bilan birga jinoyat sodir etganlikda ayblanayotgan yana 36 kishiga qo‘yilgan ayblov yuzasidan sud ishi davom etmoqda. Bu haqda QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.

Sud tergovi davomida prokuror ayblov xulosasini o‘qib eshittirdi, Baxtiyor Qudratullayev esa o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Baxtiyor Qudratullayev boshchiligida jami 30 dan ortiq kishi O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish) va 165-moddasi (tovlamachilik), shuningdek, boshqa moddalar bilan ayblanayotganini ma’lum qilgan edi. Biroq, sudga yuborilgan materiallarda Qudratullayevga qo‘yilayotgan ayblovlar anchayin ko‘p. 

Bular O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining: 

•104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) 3-qismi “g” bandi; 

•109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) 2-qismi;

•138-moddasi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) 1-qismi; 

•165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandlari; 

•168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “a” va “v” bandlari;

•228-moddasi (Hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) 2-qismi “a” va “b” bandlari, 3-qismi;

•242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish) 1-qismi; 

•243-moddasi (Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish); 

•276-moddasi (Giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) 2-qismi “a” va “b” bandlari;

•277-modda (Bezorilik) 2-qismi “b” va “v” bandlari.


Maqola muallifi

Teglar

sud Baxti Tashkentskiy Baxtiyor Qudratullaev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing