“Baxti Tashkentskiy” qamoqqa olingani rasman tasdiqlandi

3-sahifa

“Baxti Tashkentskiy” laqabi bilan tanilgan Baxtiyor Qudratullayev qo‘lga olindi. Bu haqda Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi tergov qilinmoqda. Mazkur jinoyat ishi doirasida o‘tkazilgan tergov-tezkor harakatlari davomida jinoiy faoliyat olib borgan bir nechta shaxslar gumonlanib ushlangan. 

Jumladan:

1971 yilda tug‘ilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash);

1980 yilda tug‘ilgan Dilshod Tulkinovich Sharipov (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik);

1972 yilda tug‘ilgan Anvar Babarajabovich Mirzaxanov (165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik).

“Ushbu shaxslar tahdid va kuch ishlatish yo‘li bilan pul mablag‘larini qonunga hilof ravishda qo‘lga kiritish bilan shug‘ullangan. Jinoyat ishi doirasida  gumon qilinuvchi B.Z.Qudratullayev, A.B.Mirzaxanov, D.T.Sharipovlar protsessual tartibda ushlangan. Tergov davom etmoqda”, deyiladi Toshkent shahar IIBB xabarida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining o‘rinbosari, Sport kurashlari assotsiatsiyasi raisi Salim Abduvaliyev huquq-tartibot organlari tomonidan Toshkentning Fayzobod dahasida joylashgan uyida qo‘lga olingani xabar qilingan edi.


Maqola muallifi

Teglar

IIBB Baxti Tashkentskiy Dilshod Tulkinovich Sharipov Anvar Babarajabovich Mirzaxanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing