“Baxti Tashkentskiy” ishi: Sud hukm chiqarish uchun maslahatxonaga kirdi
3-sahifa
−
15 iyul
12067Xabaringiz bor, jinoyat olamida “Baxti Tashkentskiy” nomi bilan tanilgan Baxtiyor Zafarovich Qudratullayev ishi jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida ko‘rib chiqilmoqda. Sud hukm chiqarish uchun maslahatxonaga kirdi. Bu haqda advokat Abdumalik Abdullayev ma’lum qildi.
Advokatning so‘zlariga ko‘ra, sud maslahatxonadan 2024 yilning 19 iyul kuni soat 10:00 da chiqishi kutilmoqda.
Ma’lumki, “Baxti Tashkentskiy” 2023 yilning noyabr oyida O‘zbekistonda o‘tkazilgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida qo‘lga olingan edi. Dastlab u Jinoyat kodeksining 165-modda 3-qismi, juda ko‘p miqdorda tovlamachilik; 276-modda 2-qismi, ko‘p miqdorda giyohvandlik vositalarini saqlash kabi jinoyatlarda ayblangan. 5 oydan ortiq davom etgan tergov harakatlari davomida Qudratullayevga boshqa moddalar bilan ham ayblovlar qo‘yildi. Jumladan, Jinoyat kodeksining 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish).
Tergov harakatlari tugaganda esa Baxtiyor Qudratullayev va uning sheriklari ekani aytilgan 36 nafar shaxsga doir ish Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudiga yuborildi. “Baxti Tashkentskiy” bilan sudlanayotganlar orasida uning ikki nafar o‘g‘li va akasi ham bor.
Shu yilning 3 iyun kuni boshlangan sud majlisida Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.
Davlat ayblovchisi suddan barcha sudlanuvchilarning aybi tasdig‘ini topganiga qarab turli yillarga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘ragan.
Jumladan, prokuror suddan Baxtiyor Qudratullayevga qo‘yilgan ayblovlar tasdig‘ini topgani, yengillashtiruvchi holatlar mavjud emasligini va boshqa barcha holatlarni inobatga olib, Jinoyat kodeksining 242-moddasi (Jinoiy uyushma tashkil etish), 165-moddasi (Tovlamachilik), 168-moddasi (Firibgarlik), 104-moddasi (Qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish), 109-moddasi (Qasddan badanga yengil shikast yetkazish) va 276- (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni o‘tkazish maqsadini ko‘zlamay qonunga xilof ravishda tayyorlash, egallash, saqlash va boshqa harakatlar) moddasida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybli deb topib, Jinoyat kodeksining 59-moddasi tartibida, ya’ni bir necha jinoyatlar sodir etganlik uchun uzil-kesil jazo tayinlash yo‘li bilan 20 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish, Jinoyat kodeksining 34-moddasini qo‘llab, “Baxti Tashkentskiy”ni o‘ta xavfli retsidivist deb topish va tayinlangan jazo muddatini maxsus tartibli koloniyada o‘tashini so‘ragan.
Qolaversa, davlat ayblovchisi suddan Qudratullayevni Jinoyat kodeksining 96-moddasi (Jazo bilan birga tayinlanadigan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralarini qo‘llash)ni qo‘llab, giyohvandlik moddalaridan majburiy davolashni belgilashni ham so‘ragan.
Yuqorida aytilganidek, Qudratullayev bilan bir safda sudlanayotganlar orasida uning ikki o‘g‘li va akasi ham bor.
Qudratullayevning to‘ng‘ich o‘g‘li Bekzod Qudratullayevich Zafarov O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “v” bandi, 168-moddasi (Firibgarlik) 4-qismi “v” bandi bilan ayblanib qo‘lga olingan edi. Davlat ayblovchisi suddan Bekzod Qudratullayevni 11 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilishni so‘ragan.
Qudratullayevning kenja o‘g‘li – 27 yashar Ixtiyor Qudratullayev Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandi bilan ayblanayotgan edi. Davlat ayblovchisiga ko‘ra, Ixtiyor Qudratullayev 1 ta epizodda ayblangan va ayblov o‘z tasdig‘ini topgan.
“Ixtiyor Qudratullayev 165-modda (Tovlamachilik) 3-qismi “a” va “v” bandida aytilgan jinoyatlarni sodir etgani o‘z tasdig‘ini topdi. Uning sudlanmagani va boshqalarni hisobga olib, sodir etgan jinoyatini xavflilik darajasi va boshqa jinoyatlardagi ishtirokini inobatga olgan holda Jinoyat kodeksining 57-moddasi (Yengilroq jazo tayinlash) va 72-moddasi (Shartli hukm qilish)ni qo‘llamasdan 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinishi va jazoni umumiy tartibli koloniyada o‘tashini so‘rayman”, deydi davlat ayblovchisi.
Prokuror suddan qo‘lga olinganda tovlamachilikda ayblangan “Baxti Tashkentskiy”ning akasi Shuhrat Zafarovich Qudratullayevga 11 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlashni so‘radi.
Davlat ayblovchisiga ko‘ra, Shuhrat Qudratullayevga qo‘yilgan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) o‘z tasdig‘ini topgan. Sudlanuvchi 2017 yilda shartli ozod etilgani va o‘talmay qolgan jazosi borligi inobatga olinib, uni Jinoyat kodeksining 34-moddasi (Retsidiv jinoyat)ga asosan o‘ta xavfli retsidivist deb topish va 11 yil ozodlikdan mahrum qilishni so‘ralgan.
LiveBarchasi