“Baxti Tashkentskiy”ga oid ishdagi yagona ayol sudlanuvchiga sud hukmi o‘qildi
3-sahifa
−
19 iyul
31487Bugun, 19 iyul kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudida “Baxti Tashkentskiy”ga oid ish bo‘yicha sud hukmi e’lon qilinmoqda. Mazkur ish doirasida sudlanganlar orasidagi yagona ayol sudlanuvchi Nargiza Jumaniyozova sud zalida qamoqdan darhol ozod etildi. Bu haqda sud zalidan QALAMPIR.UZ muxbiri xabar berdi.
Sud hukmiga ko‘ra, Nargiza Jumaniyozovaga 4 yil-u 4 oy muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Bu muddat davomida 20:00 dan 7:00 gacha uydan chiqmasligi, ish joyini o‘zgartirmasligi va Toshkent shahridan chiqmasligi belgilangan.
Ma’lumot uchun, Jumaniyozova o‘tgan yil oxirida qo‘lga olinganda, u Jinoyat kodeksining 165-moddasi (Tovlamachilik) 2-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblangandi.