“Baxti Tashkentskiy”ga aloqador MMA jangchisi qo‘lga olindi

Sport

image

O‘zbekistonda kriminogen vaziyatni yaxshilash, jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida davom etayotgan “Dolzarb 40 kunlik” tadbirlari davomida Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekistonda qidiruvga berilgan Doniyor Mamajonov hibsga olindi. Bu haqda QALAMPIR.UZ manbasi xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Mamajanov bugun,25 dekabr kuni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan ushlangan.

Qayd etilishicha, u “kriminal avtoritet” “Baxti Tashkentskiy”ning qo‘riqchilaridan biri bo‘lgan va Qudratullayevning topshiriqlarini bajarib kelgan. Hozirda sportchini O‘zbekistonga keltirish chora-tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, Mamajonov Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan tergov qilinayotgan jinoyat ishi bo‘yicha qidiruvda ekani ma’lum qilingandi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Mamajonov va yana uch nafar shaxsning Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 165-moddasi 3-qismi (juda ko‘p miqdorda tovlamachilik) bilan ayblanib, tergovdan qochib yashiringani aniqlanib, qidiruvda ekanligi xabar qilingandi.


Maqola muallifi

Teglar

Baxti Tashkentskiy Dolzarb 40 kunlik Doniyor Mamajanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing