Baxt reytingi: O‘zbekiston bir necha pog‘ona ko‘tarildi

Jamiyat

image

BMTning dunyo mamlakatlari farovonligi darajasini o‘rganuvchi markazi baxtlilik reytingi – The World Happiness Report 2019 ni e’lon qildi. Reytingda dunyoning 156 mamlakati aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan yalpi ichki mahsulot, xursandchilik uchun sabablar, korrupsiya va shaxsiy erkinlik darajasi, uzoq umr ko‘rish, ijtimoiy himoya singari omillardan kelib chiqib baholangan.

Bu yilgi hisobotda 156 davlat ichidan Finlyandiya eng baxtli mamlakat deb e’tirof etildi. Birinchi o‘ntalikka Finlyandiya bilan birgalikda Daniya, Norvegiya, Islandiya, Niderlandiya, Shveysariya, Shvetsiya, Yangi Zelandiya, Kanada va Avstriya kirdi.

O‘zbekiston 41-o‘rinni egallab sobiq Sovet Ittifoqi tarkibiga kirgan davlatlar orasida eng yaxshi natijaga ega bo‘ldi. Ro‘yxatda Litva 42-o‘rin, Latviya 53-o‘rin, Estoniya 55-o‘rin, Qozog‘iston 60-o‘rin, Rossiya 66-o‘rin, Moldava 71-o‘rin, Tojikiston 74-o‘rin, Belarus 81-o‘rin, Qirg‘iziston 86-o‘rin, Turkmaniston 87-o‘rin, Ozarbayjon 90-o‘rin, Armaniston 116-o‘rin, Gruziya 119-o‘rin va Ukraina 133-o‘rinni egalladi.

Afg‘oniston (154-o‘rin), Markaziy Afrika Respublikasi (155-o‘rin) va Janubiy Sudan (156-o‘rin) eng baxtsiz mamlakatlar deb topildi.

Ma’lumot uchun, World Happiness Report har yili 20 mart – Xalqaro baxt kuni arafasida e’lon qilib boriladi. Ushbu sana 2012 yilda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan belgilangan

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston  The World Happiness Report 2018 hisobotida 44-o‘rinni egallagandi.


Maqola muallifi

Teglar

BMT baxt reytingi

Baholaganlar

42

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing