"Baxmut qassobi” bo‘lgan Aleksandr Sirskiy haqida nimalar ma’lum?
Olam
−
09 fevral
15402Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy Valeriy Zalujniy o‘rniga quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni Aleksandr Sirskiyni Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni etib tayinladi. Xo‘sh, Sirskiy haqida nimalar ma’lum?
Aleksandr Sirskiy Rossiyada – 1965 yil 26 iyulda Vladimir viloyati, Kirjachskiy tumani Novinki qishlog‘ida tug‘ilgan. Moskva oliy qo‘shma qurol qo‘mondonlik bilim yurtini tamomlagan. Xizmatni 1986 yilda Sovet armiyasi saflarida motoo‘qchilar otryadi komandiri sifatida boshlagan.
2000-2002 yillarda u Ukraina Qurolli kuchlarining Beloy Serkvdagi (Kiyev viloyati) 72-alohida mexanizatsiyalashgan diviziyasi shtab boshlig‘i va qo‘mondonning birinchi o‘rinbosari bo‘lgan, keyinchalik uni boshqargan.
2007 yilda u shtab boshlig‘i – Ukraina Qurolli kuchlari Birlashgan Operativ Qo‘mondonligi qo‘mondoni birinchi o‘rinbosari etib tayinlangan.
2011-2012 yillarda Ukraina Qurolli kuchlari Bosh shtabining Harbiy hamkorlik va tinchlikparvarlik operatsiyalari bosh boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari bo‘lgan.
2013 yilda u Ukraina Qurolli kuchlari Bosh qo‘mondonlik markazi rahbarining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan va NATO bilan hamkorlikni nazorat qilgan, xususan, Ukraina Qurolli kuchlarini alyans standartlariga moslash bo‘yicha muzokaralarda Ukraina tomonidan vakillik qilgan.
2014 yilda Ukraina sharqida harbiy harakatlar boshlanganidan so‘ng, u Terrorga qarshi operatsiya qo‘mondoni o‘rinbosari etib tayinlangan. 2015 yil boshida u Donetsk va Lugansk viloyatlaridagi Terrorga qarshi operatsiya boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari – shtab boshlig‘i lavozimini egalladi.
2015 yil qishda u Debalsevo va Uglegorsk uchun janglarda qatnashgan. Debalsevoda u “Bars” taktik guruhining qo‘mondoni edi.
Rossiyaning hujumi boshlanishi bilan u quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondoni bo‘lgan. U Ukraina Qurolli kuchlari uchun muvaffaqiyatli operatsiyalarni – Kiyevni mudofaa qilish va 2022 yil kuzida Xarkov viloyatida hujumni boshqargan. Xarkov hujumidan so‘ng ular Zalujniyning o‘rnini bosishi mumkinligi haqida gaplar tarqalgan.
2023 yilda Sirskiy Ukraina Qurolli kuchlari uchun unchalik muvaffaqiyatli bo‘lmagan Baxmut uchun janglarga qo‘mondonlik qildi. Ushbu operatsiyadagi katta yo‘qotishlar tufayli u "General 200" va "Baxmut qassobi" laqablarini oldi.
Aleksandr Sirskiy tashabbusi bilan Ukraina Qurolli kuchlarida NATO namunasidagi zaxira tayyorlash tizimi joriy etilgan va quruqlikdagi qo‘shinlar qo‘mondonligi tarkibida uchta ixtisoslashtirilgan qo‘mondonlik tashkil etilgan.
“The Washington Post” yozganidek, 58 yoshli Sirskiy oddiy jangchilar orasida unchalik mashhur emas. Ularning ko‘pchiligi uni Baxmutda uzoq vaqt davomida chekinishga rozi bo‘lmagan holda o‘z qo‘shinlarini o‘qqa tutgan "sovet uslubidagi qo‘mondon" deb bilishadi.