Sirskiy Ukraina armiyasining asosiy muammosini aytdi

Olam

image

Ukraina Qurolli kuchlarining asosiy muammosi – motivatsion harbiy xizmatchilarning yetishmasligi. Bu haqda Ukraina Qurolli kuchlari bosh qo‘mondoni Aleksandr Sirskiy Sharqiy frontga safari yakunida ma’lum qildi.

“Hozirda har qanday darajadagi qo‘mondonlar uchun asosiy muammoli masala – bu bo‘linmalarni g‘ayratli, yaxshi tayyorlangan harbiy xodimlar bilan ta’minlash”, deb yozdi Sirskiy Facebook'dagi sahifasida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, yana bir muammoli masala – bo‘linmalarni uchuvchisiz samolyotlarga qarshi samarali kurasha oladigan zamonaviy elektron urush va harbiy havo mudofaa tizimlari bilan ta’minlash.

Uning aytishicha, Pokrovskiy yo‘nalishidagi vaziyat eng og‘irligicha qolmoqda. Sirskiy bu hudud doimiy e’tiborga muhtojligini, shuningdek, qo‘shimcha snaryadlar va o‘q otish kuchi bilan ta’minlashni ta’kidladi.

“Boshqa yo‘nalishlarda jangovar harakatlar intensivligi pasaygan, faol front chizig‘i kuchaygan”, deb qo‘shimcha qildi bosh qo‘mondon.

Azizbek Eshmamatov 


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ukraina Aleksandr Sirskiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing