Boks: Yarim finalga chiqqan o‘zbekistonliklar

Sport

image

Xabaringiz bor, ayni kunlarda Tailand poytaxti boks bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qilmoqda. Ayni paytga kelib, chorak final bosqichidan o‘rin olgan barcha bellashuvlar yakunlandi va final uchun jang qiladigan o‘zbekistonliklar nomi ma’lum bo‘ldi.

Chorak final natijalariga ko‘ra, 9 nafar o‘zbekistonlik bokschi yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi va o‘zlari uchun kamida bronza medalini naqd qilib olishdi. E’tiboringizga yarim finalga yo‘l olgan o‘zbek sportchilari ro‘yxatini ma’lum qilamiz:

Erkaklar:

-49kg: Nodir Mirzahmedov
-56kg: Mirazizbek Mirzahalilov
-60kg: Shukurjon Rahimov
-69kg: Bobo-Usmon Baturov
-91kg: Sanjar Tursunov
+91kg: Bahodir Jalolov

Ayollar:

-57kg: Yodgoroy Mirzayeva
-64kg: Maftuna Meliyeva
-69kg: Shahnoza Yunusova


Maqola muallifi

Teglar

Boks

Baholaganlar

89

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing