BAAning yangi Prezidenti saylandi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Oliy federal kengashi bugun, 14 may kuni Abu-Dabi valiahd shahzodasi Shayx Muhammad bin Zoid al-Nahayonni mamlakatning yangi Prezidenti etib sayladi. Bu haqda WAM milliy axborot agentligi xabar berdi.  

Kengash bir ovozdan Abu-Dabi valiahdini Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti etib saylagan. Kengash majlisini vitse-prezident va Bosh vazir, Dubay amirligi hukmdori, davlat rahbari vazifasini bajaruvchi Shayx Muhammad bin Roshid al Maktum olib borgan. 

Eslatib o‘tamiz, BAA Prezidenti Shayx Xalifa bin Zoid al-Nahayon kecha, 13 may kuni uzoq davom etgan kasallikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA

Baholaganlar

423

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing