BAAda alkogolli ichimlik ichish va nikohsiz birga yashashga ruxsat berildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklarida (BAA) spirtli ichimliklar ichish va nikohdan o‘tmasdan birga yashash endi jinoyat sifatida qabul qilinmaydi. “The National” nashri bergan xabarga ko‘ra, mamlakat Prezidenti Xalifa ibn Zaid al-Nahayon shaxsiy maqom to‘g‘risidagi qonunga, federal jinoyat kodeksiga va federal jinoyat-prosessual kodeksiga tuzatishlar kiritishni tasdiqlagan.

Bu so‘nggi yillar ichida huquq tizimining eng katta ko‘lamda qayta ko‘rib chiqilishi bo‘lib, u ajrashish va vorislik qoidalaridan tortib, alkogol iste’moligacha bo‘lgan masalalarga taalluqli bo‘ldi.

Litsenziyasiz alkogol iste’mol qilish

Nashrning qayd etishicha, “zudlik bilan kuchga kiradigan qonunlar sayyohlarni va to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni qo‘shimcha jalb etishga, shuningdek, amirliklar aholisi uchun qoidalarni soddalashtirishga qaratilgan”. Xususan, tegishli litsenziyasiz alkogol iste’mol qilish jinoyatlar qatoridan chiqarildi, bu xususiy tartibda yoki buning uchun maxsus ajratilgan joylarda litseziyasiz odam spirtli ichimliklarni iste’mol qilgani, saqlagani yoki sotgani uchun sud ta’qibiga uchramaydi. Ammo avvalgidek 21 yosh chegarasi saqlanib qoladi. Voyaga yetmaganlarga ichimlik sotishda qo‘lga tushganlar qonun bo‘yicha jazolanadi.

BAAda alkogol bo‘yicha cheklovlar 2018 yildan boshlab bosqichma-bosqich olib tashlanyapti. O‘shanda Abu-Dabida diniy bayramlar arafasida va bayram kuni alkogol iste’mol qilish va sotishga qo‘yilgan taqiq bekor qilingandi. O‘sha yilning sentyabrida shu shaharda amirliklar fuqarolari uchun litsenziya — do‘konlar, bar va restoranlarda alkogol sotib olish imkonini beruvchi maxsus karta olish qoidalari ham bekor qilingan edi. Dubayda esa kartali tizim shu paytgacha saqlanib qolgandi. Sayyohlar ham vaqtinchalik litsenziya olishi shart edi.

Nikohdan o‘tmasdan birga yashash

“Grazia” nashri ma’lumotlariga ko‘ra, qonunchilikdagi o‘zgarishlar endi qarindosh bo‘lmagan yoki nikohdan o‘tmagan erkak va ayolning birga yashashiga ruxsat beradi. 14 yoshdan oshganlar uchun o‘zaro rozilik bilan munosabatlarga kirishish endilikda jinoyat hisoblanmaydi. Shu bilan birga voyaga yetmaganlarga va aqliy qobiliyati cheklangan odamlarga tajovuz qilganlik uchun jazo kuchaytirilmoqda — bunday jinoyat uchun o‘lim jazosi belgilangan. Ayollarga nisbatan ta’qib va jinsiy zo‘ravonlik uchun ham yanada qat’iyroq jazo ko‘zda tutilgan.

O‘z joniga qasd qilish ham jinoyatlar qatoridan chiqarildi

Jinoyat kodeksidan o‘zini o‘zi o‘ldirishga uringanlik uchun jazo to‘g‘risidagi modda chiqarib tashlandi. Shuningdek, kimgadir shoshilinch yordam ko‘rsatgan, ammo uni o‘limdan saqlab qololmagan odamlar ham javobgarlikka tortilmaydi.

Vorislik qoidalarining o‘zgartirilishi

Xorijiy investorlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash maqsadida vorislik qoidalari yangilandi. Endi agar vasiyatnomada boshqacha holat ko‘rsatilmagan bo‘lsa, meros vafot etgan shaxs kelib chiqqan mamlakat bayonnomalariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi. BAAda mahalliy qonunlar har qanday mulkka nisbatan qo‘llaniladi. Nikohdan o‘tish va ajrashish shartlari er kelib chiqqan mamlakat emas, nikoh tuzilgan mamlakat qonunlariga muvofiq amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

alkogol' BAA Nikoh

Baholaganlar

838

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing