O‘zbekistonning Dubaydagi bosh konsuli tayinlandi
Jamiyat
−
26 yanvar
5510O‘zbekistonning Dubay shahridagi konsulligiga Kamol Ikromov bosh konsul etib tayinlandi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi
Kamol Ikromov Birlashgan Arab Amirliklari Tashqi ishlar vazirligining Dubay bo‘limi direktori Shayx Maktum bin Butti Al Maktum bilan uchrashgan va konsullik patentini qabul qilib olgan.
Shayx Al Maktum yangi tayinlangan bosh konsulni Amirliklardagi diplomatik missiyasining boshlanishi bilan tabriklagan va uning diplomatik faoliyatida muvaffaqiyat tilagan.
“Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi. Iqtisodiyot, savdo, sarmoya, yuqori texnologiyalar, innovatsiyalar, sanoat kooperatsiyasi, qishloq xo‘jaligi, energetika, transport, turizm, fan va madaniyat sohalarida o‘zaro hamkorlikni yanada chuqurlashtirish istiqbollari xususida fikr almashildi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, yangi bosh konsul 44 yoshda. U Dubayga tayinlanishidan avval 2018-2023 yillarda O‘zbekistonning Nyu-York shahridagi bosh konsuli bo‘lib ishlagan. Kamol Ikromov O‘zbekistonning Dubaydagi Bosh konsulligiga 2019-2024 yillarda rahbarlik qilgan Alisher Salomov o‘rniga tayinlangan.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi konsullik okrugiga Dubay, Sharja, Ras al-Xayma, Ajman, Um al-Kuveyn va Fujayra amirliklari kiradi.
LiveBarchasi