Endi o‘zbekistonliklar Dubayga vizasiz borishi mumkin 

Jamiyat

image

Bugun BAA Tashqi ishlar vazirligida O‘zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari hukumatlari o‘rtasida kirish viza talablaridan o‘zaro ozod etish to‘g‘risidagi hamkorlik protokoli imzolandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

O‘zbekistonning BAAdagi favqulodda va muxtor elchisi A.Aqqulov va BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Xolid Abdulla Belhul tomonidan imzolangan hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari 30 kundan oshmagan muddatda BAA hududida bo‘lishi davrida viza talablaridan ozod etiladi.

Ma’lumot uchun, 2023 yil davomida BAAga 119 ming 454 nafar O‘zbekiston fuqarolari tashrif buyurgan va 9,2 mln. AQSH dollari miqdorida viza rasmiylashtirish uchun sarf qilgan.

Hujjat rasman 2024 yil 16 fevraldan kuchga kiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron Islom Respublikasi o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

viza BAA o'zbekistonliklar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing