Eron o‘zbekistonliklar uchun viza rejimini bekor qildi

Jamiyat

image

Eron 33 davlat, jumladan, O‘zbekiston bilan viza rejimini bekor qilishni bir tomonlama ma’qulladi. Bu haqda Eron Madaniy meros, hunarmandchilik va turizm vaziri Izzatulloh Zarg‘amiy ma’lum qildi.

"Turizm vazirligining 32 davlat bilan vizani bekor qilish taklifi hukumat tomonidan ma’qullandi va biz belgilagan ustuvorliklar bilan vizani bir tomonlama bekor qildik", degan vazir jurnalistlarga bergan bayonotida.

Shu tariqa Eron Markaziy Osiyodagi 3 ta davlat fuqarolari uchun vizani bir tomonlama bekor qilgan. Bular Tojikiston, O‘zbekiston va Qirg‘iziston.

Tehron umumiy hisobda 17 ta Osiyo davlati, 6 ta Afrika davlati, 5 ta Yevropa davlati va yana 5 ta Lotin Amerikasi davlati fuqarolari uchun viza talabini bir tomonlama olib tashladi. Osiyo davlatlari qatoriga Saudiya Arabistoni, Bahrayn, Qatar, Quvayt, Livan, Tunis, Malayziya va Singapur kiradi.

Eslatib o‘tamiz avvalroq Eronning 16 viloyatida afg‘onlarga yashash taqiqlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

viza O'zbekiston Eron

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing