BAA va O‘zbekiston o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi
Jamiyat
−
05 iyun 2021
3188Birlashgan Arab Amirliklari aviakompaniyalari O‘zbekistonga parvozlar sonini ko‘paytiradi. Bu haqda O‘zbekistonning BAAdagi elchisi Baxtiyor Ibragimov va BAA fuqarolik aviatsiyasi bosh ma’muriyatining (GCAA) Havo transporti bosh direktori Xalid Al Ali bilan muzokaralar chog‘ida ma’lum qilindi.
Ma’lum qilinishicha, uchrashuvda e’tibor joriy yilning 19-20 may kunlari Toshkent shahrida o‘tkazilgan ikki davlat fuqarolik aviatsiyasi idoralari o‘rtasidagi maslahatlashuvlarda (Xalid Al Ali mazkur maslahatlashuvlarda BAA delegatsiyasiga boshchilik qilgan) erishilgan kelishuvlar ijrosiga qaratilgan.
Tomonlar Samarqand, Buxoro va Urganch shaharlari aeroportlaridan foydalangan holda BAA aviakompaniyalari parvozlari sonini oshirish yuzasidan o‘zaro fikr almashgan.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston bozoriga ushbu mamlakatning “Etihad Airways” milliy aviakompaniyasini ham jalb etish masalalari muhokama qilingan.
“Muzokaralar yakuniga ko‘ra, tomonlar aviaqatnovlar yuzasidan kelib chiqayotgan masalalarni muhokama qilish maqsadida har oyda bir marta uchrashib turishga kelishib oldi”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston va BAA o‘rtasidagi muntazam aviaqatnovlar soni joriy yilning iyun oyidan boshlab haftasiga 18 taga yetkazildi (2019 yil 5 ta bo‘lgan). BAAning “Fly Dubai” (“Dubay–Toshkent–Dubay”, haftasiga 6 ta) va “Air Arabia” (“Sharja–Toshkent–Sharja”, 3 ta) aviakompaniyalarining O‘zbekistonga parvozlari yo‘lga qo‘yildi. “Uzbekistan Airways” esa “Toshkent–Dubay–Toshkent” yo‘nalishida haftasiga 6 marta, “Toshkent–Sharja–Toshkent” avia yo‘nalishida bo‘yicha bitta parvozni amalga oshirmoqda.
LiveBarchasi