BAA Trampning maktubini Eronga yetkazdi

Olam

image
“Nima xohlasang, shuni qil”. Pezeshkiyon Trampga javob qaytardi (video) north_east

“Nima xohlasang, shuni qil”. Pezeshkiyon Trampga javob qaytardi (video)

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayonning maslahatchisi  Anvar Gargash Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi bilan uchrashdi va unga AQSH Prezidenti Donald Trampning Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xomanaiyga yo‘llagan maktubini topshirdi. Bu haqda ISNA xabar berdi.

Gargash kecha, 12 mart kuni kechqurun Tehronga yetib bordi va Eron Tashqi ishlar vaziri Aroqchi bilan uchrashdi. Mamlakat matbuotining yozishicha, Gargash Aroqchiga AQSH Prezidenti Trampning Eron yetakchisi Xomanaiyga yo‘llagan maktubini topshirgan.

7 mart kuni Tramp “Fox Business Network” telekanaliga bergan intervyusida Eron yetakchisi Ali Xomanaiyga maktub yo‘llaganini aytgandi.

“Men ularga xat yozdim: Umid qilamanki, siz muzokaralar olib borasiz, chunki agar biz harbiy yo‘l bilan kurashishimiz kerak bo‘lsa, bu dahshatli bo‘ladi”, dedi Tramp.

Eronning Birlashgan Millatlar Tashkilotidagi (BMT) Nyu-Yorkdagi doimiy vakolatxonasi AQSH Prezidenti Trampning Xomanaiyga maktub yo‘llagani haqidagi da’vosiga oid savolga shunday javob berdi:

“Hozircha bizga bunday xat kelgani yo‘q”.

Keyinroq AQSH rasmiysi mamlakat matbuotiga bergan bayonotida Tramp maktubni yozgani, lekin hali jo‘natmaganini aytdi.

8 mart kuni Xomanaiy AQSH muammolarni muzokaralar yo‘li bilan hal qilmoqchi emas, balki o‘z talablarini qo‘yib, hukmronlik o‘rnatmoqchi ekanini aytdi va Eron bunga rozi bo‘lmasligini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Eron Donal'd Tramp Birlashgan Arab Amirliklari Oyatulloh Ali Xomanaiy

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing