Kurs UZS

USD

12 938.11

18.11

EUR

14 076.66

-25.52

RUB

149.99

0.47

“Nima xohlasang, shuni qil”. Pezeshkiyon Trampga javob qaytardi (video)

Olam

image

Eron Prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon AQSH kuchli bosim qilayotgan paytda yadroviy kelishuv bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishdan bosh tortdi. Bu haqda u kecha, 11 mart kuni Tehrondagi tadbirda qilgan chiqishida so‘z ochdi.

“Ularning (AQSH) buyruq berib, tahdid qilishi biz uchun qabul qilib bo‘lmaydigan holat. Men hatto siz bilan ham muzokara qilmayman. Xohlagan narsangizni qiling.

Ba’zi tajovuzkor hukumatlar — men ayrim xorijiy shaxslar va yetakchilarni tavsiflash uchun “tajovuzkor” so‘zidan ko‘ra mosrog‘ini bilmayman — muzokaralarni zo‘r berib talab qilmoqda. Ularning muzokaralardan maqsadi muammolarni hal qilish emas, balki hukmronlik o‘rnatish”, deydi Pezeshkiyon.

Uning aytishicha, AQSH muzokaralarni bahona qilib Eronning yadro dasturidan tashqari harbiy salohiyati va mintaqadagi ta’sirini ham cheklashga harakat qilmoqda. Tehron esa “maksimal bosim” ostida hech qanday muloqot bo‘lmasligini ta’kidlagan.

Biroq ta’kidlash joiz, Pezeshkiyon mamlakatning tashqi siyosatini belgilovchi asosiy shaxs emas — bu borada so‘nggi qarorni Eron oliy rahnamosi Ali Xomanaiy qabul qiladi. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp Xomanaiyga maktub yo‘llab, Eronni yadro dasturi bo‘yicha yangi muzokaralarni boshlashga chaqirgandi. AQSH Prezidenti, shu bilan birga, Tehronga tahdid qilib, agar muzokaradan bosh tortilsa, harbiy chora ko‘rilishi mumkinligini aytgan. Bunga javoban Xomanaiy Oq uyning bosim siyosatini tanqid qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp yadroviy kelishuv Pezeshkiyon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing