BAA “Tolibon”ni tan olmay, elchisining ishonch yorlig‘ini qabul qildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirligi “Tolibon” muvaqqat hukumati elchisining ishonch yorliqlarini qabul qildi. Bu haqda muvaqqat hukumat tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, “Tolibon” elchisi Maulvi Badruddin Haqqoniy BAA Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sayf Abdulla Al Shamsiyga ishonch yorliqlarini topshirgan.

Haqqoniy Afg‘oniston va BAA o‘rtasidagi munosabatlarni tarixiy ahamiyatga ega ekanligini bildirib, doimiy hamkorlik va yordam uchun minnatdorlik va mamnuniyat izhor etgan.

Al Shamsi ham BAA va Afg‘oniston o‘rtasidagi munosabatlar juda muhim ekani va yangi elchining tayinlanishi bilan ikki davlat o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar yanada yaxshilanishiga umid bildirgan. Biroq BAA “Tolibon” hukumatini tan olganini rasman e’lon qilmagan.

Axborot byulleteniga ko‘ra, “Tolibon”ning yangi elchisi tez orada mezbon davlat nomidan rasmiy marosimda Birlashgan Arab Amirliklari amiriga ishonch yorliqlarini topshiradi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Afg‘oniston muvaqqat hukumati O‘zbekiston Birlashgan Arab Amirliklari va Qozog‘istondan keyin “Tolibon”ning elchisini rasman tan olgan uchinchi davlat bo‘lganini ma’lum qilgandi. Buni O‘zbekiston Bosh vaziri matbuot kotibi Behzod Hidoyatov ham tasdiqladi. Biroq Tashqi ishlar vazirligidagi manbalar elchining rasman tan olinishi borasida yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini bildirdi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA “Tolibon”

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing