BAA Prezidenti Rossiyaga boradi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon 21 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Rossiyaga boradi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar berdi.

BAA Prezidenti Qozondagi BRICS sammiti tadbirlarida ishtirok etadi.

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Muhammad bin Zoid Ol Nahayon o‘rtasidagi muzokaralar ham bo‘lib o‘tadi.

“Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putin bilan muzokaralarda Rossiya-BAA ko‘p qirrali hamkorligining holati va rivojlanish istiqbollari, xalqaro kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqasidagi vaziyat muhokama qilinadi”, deyiladi xabarda.

Rossiya 2024 yilda BRICS’ga raislik qiladi. Bu yil assotsiatsiyaga Misr, Efiopiya, Eron, BAA va Saudiya Arabistoni qo‘shildi. BRICS tarkibiga Rossiya Federatsiyasi, Braziliya, Hindiston, Xitoy va Janubiy Afrika ham kiradi.

30 dan ortiq davlat rahbarlari BRICS’ning 16-sammitida ishtirok etishini allaqachon tasdiqlagan. Sammitda Yangi Taraqqiyot Banki prezidenti Dilma Russeff ham chiqishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ashxoboddagi “Zamonlar va sivilizatsiyalar munosabatlari – tinchlik va taraqqiyot asosi” forumi ishtirokchilarini Qozondagi BRICS sammitiga taklif qilgandi.

Muhammad Hodiyev


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Rossiya BAA Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing