BAA Prezidenti Putin va Zelenskiyni “yarashtirib” qo‘ymoqchi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zayd ol-Nahayon Dubayda Rossiya yetakchisi Vladimir Putin va Ukraina rahbari Vladimir Zelenskiy o‘rtasida uchrashuv tashkil qilish istagini bildirdi. Bu haqda “L'Orient-Le Jour” gazetasi xabar berdi. 

Qayd etilishicha, BAA Prezidenti joriy yil 30 noyabrdan 12 dekabrgacha Dubayda bo‘lib o‘tadigan BMTning iqlim bo‘yicha COP28 konferensiyasi doirasida Zelenskiy va Putin uchrashuvini tashkil etishga tayyor. Muhammad bin Zayd ol-Nahayon ushbu g‘oyani allaqachon Rim Papasi Fransisk va AQSH Prezidenti Jo Bayden bilan muhokama qilgani aytilmoqda. 

“Shayx Muhammadning Rossiya va Ukraina o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatishga erishish istagi BAAning xalqaro maydondagi asosiy vositachilik rolini ifodalaydi”, deyiladi xabarda. 

Shuningdek, Rim papasi va AQSH yetakchisi BAA Prezidentining tashabbusini to‘liq qo‘llab-quvvatlagani ma’lum qilingan. Bayden muzokaralarni tashkil etishda yordam berishga tayyorligini aytgan. 

Biroq, hozircha Zelenskiy va Putin BAA rahbarining taklifiga javob qaytarmagan. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonida Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilishga qaratilgan 30 dan ortiq davlatlar ishtirokidagi muzokaralar bo‘lib o‘tgan edi. Unga Rossiya taklif qilinmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Zelenskiy Muhammad bin Zayd ol-Nahayon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing