BAA Prezidenti Putin bilan uchrashuvga kalta paypoq va krossovkada keldi

Olam

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Rossiya Prezidenti Vladimir Putin bilan ikki tomonlama munosabatlar va xalqaro vaziyatni muhokama qilish uchun Sankt-Peterburgdagi uchrashuvga Nike paypoqlari bilan krossovkalarda keldi. 2019 yilda Putin Abu-Dabidagi Prezident saroyiga tashrif buyurganida ham Muhammad bin Zoid Al Nahayon Rossiya Prezidenti bilan uchrashuvda ham krossovka kiygan edi. 

Ayni vaqtda xalqaro matbuot uchrashuvdagi asosiy masalalar qolib, BAA Prezidentining paypog‘i va krossovkasini muhokama qilmoqda.

Gap shundaki. 11 oktyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon Rossiyaga keldi. U Prezident Vladimir Putin bilan uchrashdi. Muzokaralar Rossiya rahbari so‘nggi bir necha kundan beri qolayotgan Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tgan. 

Putin uchrashuv avvalida BAAga bir qator juda nozik gumanitar masalalarni hal qilishga olib kelgan vositachilik harakatlari uchun minnatdorlik bildirdi.

“Men sizning umumiy vaziyatning rivojlanishidan xavotirda ekanligingiz va barcha munozarali masalalarni, shu jumladan bugun Ukrainada sodir bo‘layotgan inqirozni hal qilishga hissa qo‘shish istagingizni bilaman”, deya davom etdi Rossiya Prezidenti. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu haqiqatan ham muhim omil, bu esa vaziyatni tartibga solish yo‘lida harakat qilish uchun BAA ta’siridan foydalanish imkonini beradi. 

“Dunyodagi bugungi munosabatlarning murakkabligiga qaramay, Rossiya va BAA o‘rtasidagi munosabatlar mintaqada va, aytish mumkinki, butun dunyoda barqarorlikning muhim omili hisoblanadi”, deydi Putin. 

U BAA prezidentini ko‘rganidan juda xursand ekanligini qo‘shimcha qildi.  

“Diplomatik munosabatlarimiz o‘rnatilgan 50 yil davomida aloqalarimiz faqat izchil, faqat yuqoriga qarab rivojlandi”, deydi Rossiya Federatsiyasi Prezidenti. 

Rossiya Federatsiyasi va BAA o‘rtasidagi ikki tomonlama munosabatlar haqida gapirar ekan, u juda muvaffaqiyatli rivojlanayotganiga e’tibor qaratdi. 

“O‘tgan yili tovar ayirboshlash hajmining o‘sishi (Ukrainadagi inqirozgacha) 65 foizni tashkil etgan bo‘lsa, bu yil barcha qiyinchiliklarga qaramay, o‘sish davom etmoqda – o‘tgan yilgidek katta emas, lekin shunga qaramay – 17 foiz”, deya xulosa qildi Putin. 

Uning qo‘shimcha qilishicha, BAA Prezidenti bilan mintaqadagi vaziyatni muhokama qilish u uchun muhim.  

"U yerda ham ko‘plab muammolar saqlanib qolmoqda", deydi Putin.  

Uning ta’kidlashicha, Birlashgan Arab Amirliklarining mintaqadagi vaziyatdagi roli va ta’siri juda yuqori. 

O‘z navbatida BAA rahbari ham o‘zaro munosabatlari uchun muhim bo‘lgan bir qator fikrlarni qayd etgan. U BAAda birinchi rus maktabi ochilayotgani haqidagi xabarni yetkazdi.  

"Biz bu yil [Birlashgan Arab] Amirliklarida birinchi rus maktabining ochilishini nishonlaymiz. Bizda to‘rt ming rus kompaniyasi bor. Bularning barchasi bizni bog‘lovchi, hamkorlik ko‘prigini mustahkamlaydi. Umid qilamanki, kelgusi yillarda biz bu ko‘rsatkichlarning barchasini sezilarli darajada oshira olamiz", degan Ol Nahayon.

Putin mavqedoshiga tashrif uchun minnatdorlik bildirib, 2019 yilda BAAga qilgan tashrifini eslashini va bu haqda unutmasligini qo‘shimcha qildi. 


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vladimir Putin BAA Muhammad bin Zoid Ol Nahayon

Baholaganlar

752

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing