BAA politsiyasi koronavirusni aniqlashda maxsus shlemdan foydalanmoqda

Olam

image

BAA politsiyasi infraqizil kameralar va yuzlarni aniqlash texnologiyasi mujassamlashtirilgan aqlli shlemlardan foydalangan holda infeksiyaga chalinganlarni aniqlamoqda. Bu haqda amirlikning “Khaleej Times” nashri yozmoqda.

“Shlemlar bir daqiqada 200 kishining haroratini besh metr masofada skanerlashi mumkin. Agar kimdadir yuqori harorat bo‘lsa,  qizil rang yuqoriga ko‘tariladi. Dubaydagi barcha politsiya bo‘limlari, shuningdek, patrul xodimlari stansiyalar, metro va avtovokzallarda tekshiruvlarni boshlab yuborishgan”, deya izoh berdi nashr.

Bunday shlemlardan foydalanilayotgani haqidagi ma’lumotlar Dubay politsiyasi boshlig‘i o‘rinbosari Dahi Xalfan tomonidan ham tasdiqlangan. 

Aniqlangan koronavirus holatlariga ko‘ra, BAA Fors ko‘rfazining oltita mamlakati orasida ikkinchi o‘rinda turadi. Kecha, 24 aprel kuni BAA sog‘liqni saqlash vazirligi so‘nggi 24 soat ichida mamlakatda 525 ta yangi kasallik holati aniqlanganini ma’lum qildi. Pandemiya boshlanganidan beri infeksiyadan zararlangan odamlarning umumiy soni 9,2 ming kishidan oshdi, 64 kishi vafot etdi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA

Baholaganlar

101

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing