BAA kompaniyasi O‘zbekiston aviatsiya bozoriga kirmoqchi
Jamiyat
−
24 avgust 2020
7806Birlashgan Arab Amirliklarining Jetex kompaniyasi O‘zbekistonning aviatsiya bozoriga kirmoqchi. Bu haqda Transport vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Transport vaziri o‘rinbosari Jasurbek Choriyev Jetex kompaniyasi vakillari bilan videokonferens aloqa shaklida uchrashuv o‘tkazgan.
Uchrashuvda Jetex kompaniyasi Islom Karimov nomidagi “Toshkent” xalqaro aeroportida FBO shaklida davlat xususiy sherikchiligi asosida VIP va CIP mijozlarga xizmat ko‘rsatishni tashkil etish bo‘yicha investitsion loyihani amalga oshirishga istagini ma’lum qilgan. Kompaniya ayni mazkur loyiha doirasida o‘z mablag‘lari hisobidan Toshkent xalqaro aeroporti infratuzilmasini yanada rivojlantirish maqsadida yo‘lovchilar va biznes aviatsiyaga xizmat ko‘rsatuvchi yangi maxsus terminal va angar qurishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya vakillari mazkur loyihaning amalga oshirilishi Toshkent xalqaro aeroporti nufuzi va jozibadorligini oshirishiga ishonmoqda.
Jetex kompaniyasi 2005 yilda tashkil etilgan bo‘lib, 5 qit’ada 30 ta biznes birlashmasiga ega global tarmoqni tashkil etgan. Shuningdek, Jetex Yaqin Sharq, Turkiya va Pokistonda HondaJet kompaniyasining rasmiy dileri bo‘lib hisoblanadi.
FBO (Fixed Base Operator) – aeroportlarda havo kemalari va yo‘lovchilarga kompleks servis xizmatlari ko‘rsatuvchi, xususan, havo kemalariga yoqilg‘i quyish, to‘xtash joyi, angarda saqlash, texnik va ta’mirlash xizmatlarini ko‘rsatish, havo kemalarini ijaraga berish, charterlarni sotish, taksi va yana boshqa ko‘plab xizmat turlarini ko‘rsatuvchi tashkilotdir.
Uchrashuvda Jetex kompaniyasining investitsion loyihasini amalga oshirish yuzasidan ikki tomon mutaxassilari ishtirokida navbatdagi kengaytirilgan uchrashuvda loyihaning texnik, iqtisodiy jihatlarini atroflicha muhokama qilish yuzasidan kelishib olindi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15