BAA ishchilari G‘azoga kiritildi

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklaridan kelgan ishchilar guruhi dala shifoxonasi qurilishini boshlash uchun Rafah o‘tish joyi orqali Misr va G‘azo sektori chegarasini kesib o‘tdi. Bu haqda “Al Hadath” telekanali xabar berdi.

Aytilishicha, shifoxona anklav hududida joylashadi. Biroq G‘azodagi ishchilarning xavfsizligini kim ta’minlashi haqida ma’lumot berilmadi.

Qayd etilishicha, 6 noyabr kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon janglardan jabr ko‘rgan anklav aholisiga yordam berish uchun G‘azo sektorida dala shifoxonasini tashkil etishni buyurgan. Beshta transport samolyoti Rafah orqali G‘azo sektoriga yuboriladigan dala shifoxonasini yaratish va ishlatish uchun zarur jihozlarni Sinay yarimoroli shimolidagi El-Arish shahriga yetkazgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 150 o‘ringa mo‘ljallangan shifoxona bolalar va kattalar reanimatsiyasi, umumiy jarrohlik, ortopedik jarrohlik va anesteziologiya bo‘limlaridan iborat bo‘ladi. Bundan tashqari, shifoxonada diagnostika laboratoriyasi va kompyuter tomografi o‘rnatiladi. Tibbiy majmua hududida dorixona, stomatologiya va psixologik yordam ko‘rsatish markazi faoliyat ko‘rsatishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq BAA Prezidenti shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon G‘azo sektorida tibbiy yordam olish imkoniyatidan mahrum bo‘lgan saraton kasalligiga chalingan ming nafar falastinlikni mamlakatga qabul qilishni buyurgandi.


Maqola muallifi

Teglar

BAA G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made