BAA ilk bor xorijliklarga fuqarolik berishni boshlayapti

Olam

image

Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) ba’zi toifadagi xorijliklarga fuqarolik berishni boshlaydi. Mamlakat qonunchiligiga tegishli o‘zgartirish kiritildi. Bu haqda WAM xabar berdi.

Agentlik ma’lumotiga ko‘ra, barcha arizalar Hukumat va ijro hokimiyatining mahalliy boshqarmalari tomonidan ko‘rib chiqiladi. Investor, ixtirochi, olim, shifokor, rassom va ularning oilalari fuqarolik olish uchun murojaat qilishi mumkin. Har bir toifa uchun o‘ziga xos talablar bo‘ladi.

“Biz qonunga BAA fuqaroligini berishga ruxsat beruvchi tuzatishlar kiritdik. Yangi farmon taraqqiyotimizga hissa qo‘shadigan iste’dodli odamlarni jadb qilishga qaratilgan”, degan BAA Bosh vaziri shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktum.

WAM ma’lumotiga kzra, fuqarolik olish uchun bir qator shartlarni bajarish kerak.

Investorlar BAAda ko‘chmas mulkka egalik qilishi yoki mamlakat iqtisodiyot vazirligi tomonidan tasdiqlanaligan bir yoki bir nechta patentni olishi talab qilinadi.

Shifokorlar, muhandis va boshqa mutaxassislar BAAda nihoyatda zarur bo‘lgan noyob ilmiy sohalarda yoki fanlarda faoliyat olib borishlari va kamida o‘n yillik kasbiy tajribaga ega bo‘lishlari kerak.

Olimlar oliy o‘quv yurtida, tadqiqot markazida yoki xususiy sektorda faol ilmiy tadqiqot olib borishlari kerak. Bundan tashqari, kamida o‘n yillik tajribaga va ilm-fan sohasida nufuzli mukofotlarga ega bo‘lishi lozim.

Ijodiy kasblar vakillari madaniyat va san’at sohasida “kashshoflar”, shuningdek, xalqaro mukofotla sovrindorlari bo‘lishi kerak.

“Bloomberg” agentligining yozishicha, Fors ko‘rfazi davlatlaridan birinchi bo‘lib BAA xorijliklarga fuqarolik berishni boshladi. Avvallari faqatgina favqulodda holatlarda fuqarolik berilgan.


Maqola muallifi

Teglar

BAA

Baholaganlar

312

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing